Okrug boshqaruv apparatida “Uch avlod uchrashuvi” oʻtkazildi

0
1531

Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug boshqaruv apparati madaniyat saroyida faxriy harbiylar ishtirokida “Uch avlod uchrashuvi” tadbiri tashkil etildi. Tadbir faxriy harbiy xizmatchilar, ofitserlar, Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi Qashqadaryo viloyat kengashining bir guruh sardorlari hamda okrugda yigitlik burchini oʻtayotgan muddatli harbiy xizmatchilar oʻrtasidagi samimiy muloqotlar bilan boshlandi.

Nuroniylar bugunning farzandlariga ruhiy qanot boʻlishga arzigulik ajdodlari borligini, ularni oʻrganish, hayotlarini tadbiq etish yuksak bilim choʻqqisi tomon yetaklishini taʼkidladilar. Vatan himoyachisi boʻlishni maqsad qilgan yoshlar tomonidan soha faxriylariga turli savollar yoʻllandi. Tarix, adbiyot, madaniyat, sanʼat kabi turli mavzulardagi sermazmun suhbatlar ertamiz egalarining ilm mahzanlariga yangi javohirlar qoʻshgani aniq.

Taklif etilgan yoshlar berilgan maʼlumot va nasihatlar uchun faxriylar hamda tadbir tashkilotchilariga minnatdorlik bildirdilar.

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug matbuot xizmati