Yoshlar bandligi taʼminlanib, murojaatlari ijobiy hal etilmoqda

0
953

Markaziy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni polkovnik Farrux Ziyabayev 2023-yilning 11-aprelida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida yoshlar siyosati sohasidagi ishlar natijadorligini oshirish hamda ular bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari yuzasidan oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida belgilab berilgan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida oʻziga biriktirilgan yoshlarning muammolari va murojaatlarini ijobiy hal etib kelmoqda.

Xususan, okrug qoʻshinlari qoʻmondoni Samarqand viloyatining Pastdargʻom tumanidagi “Mirzo Ulugʻbek” MFYda istiqomat qiluvchi 21 nafar yoshlarning har birinikida boʻlib, ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, profilaktik hisobdan chiqarish, oliy harbiy bilim yurtlariga jalb etish va bandligini taʼminlash masalalari boʻyicha yoshlar va ularning ota-onalari bilan muloqot oʻtkazgan, unga koʻra ayrim yoshlarning bandligini taʼminlash masalalari koʻtarilgan edi.

Jumladan, Nurali Omonov mahallasida kompyuterda xizmat koʻrsatish shoxobchasini ochish istagi borligini va buning uchun kompyuterga ehtiyoji borligini aytib murojaat qilgan. Ko‘p o‘tmay uning ehtiyoji qoʻmondon tomonidan qondirildi. Endilikda Nurali mahallasidagi fuqarolar uchun oʻzining beminnat xizmatini koʻrsatib, oilasiga qoʻshimcha daromad olib kirmoqda.

Bundan tashqari, Aziz Maxbulin savdo doʻkoniga sotuvchi boʻlib, Bahodir Abduazizov esa MCHJ korxonasiga texnik xizmat koʻrsatuvchi boʻlib ishga qabul qilindi. Shuningdek, yoshlarni kasb-hunarga oʻrgatish maqsadida Jahongir Ahmadov “KOICA” oʻquv markazidagi mashinasozlik oʻquv kursida, Navroʻz Boʻronov esa ishga marhamat monomarkazidagi sartaroshlik oʻquv kursini yakunlab, oʻz mutaxassisligi boʻyicha mahallasida ish boshladi.

Biriktirilgan yoshlar qatorida Jasur Shomirzayev va Elbek Toshmurodov uchun Samarqand harbiy gospitalida har bir chorakda tibbiy koʻrikdan oʻtishi va statsionar davolanishi uchun imkoniyatlar yaratildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati