“Askar onalarini sharaflaymiz” mavzusida samimiy suhbat bo‘lib o‘tdi

0
1108

Barchamizga maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligi hamda 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan joylarda “Yangi Oʻzbekiston armiyasi — mamlakat qudarati, yusak gʻurur va sadoqat timsolidir!” degan shior asosida vatanparvarlik tadbirlari jadal sur’atlar bilan davom etmoqda.

Mana shunday tadbirlardan navbatdagisi Toshkent garnizonidagi harbiy qismda muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan askarlar hamda ularning oila aʼzolari oʻrtasida bo‘lib o‘tdi.

“Askar onalarini sharaflaymiz” nomli tadbir davomida yigitlik burchini sadoqat bilan oʻtayotgan muddatli harbiy xizmatchilar oʻz yaqinlari bilan videokonferensiya orqali muloqot qilishdi hamda oʻz dil izhorlarini jonli tarzda yetkazishdi.

Tadbir davomida, harbiy qism masʼul ofitserlari ham soʻzga chiqib, bugungi kunda milliy armiyamizda yurt oʻgʻlonlari uchun yaratilgan sharoitlar, imkoniyatlar va imtiyozlar haqida mehmonlarga batafsil maʼlumot berishdi.

Tadbir yakunida harbiy xizmatchilarning onalariga gullar berildi.