Jomboylik yoshlarni vatanparvarlikka undagan festival

0
1151

Samarqand viloyati Jomboy tumani hokimi Qayum Sobirov hamda Samarqand garnizonidagi harbiy qism mas’ullari boshchiligida tumanning olis hududlaridan biri boʻlgan “Nayman” MFYda “Yangi Oʻzbekiston armiyasi — mamlakat qudrati, yuksak gʻurur va sadoqat timsolidir!” shiori ostida vatanparvarlik festivali oʻtkazildi.

Fevtival avvalida sektor rahbarlari, faxriylar, harbiy xizmatchilar hamda aholi va yoshlar “Sogʻlom hayot uchun 5000 qadam” shiori ostidagi marafon ishtirok etib, belgilangan masofani harbiy orkestr sadolari ostida bosib oʻtishdi.

Festivalda soʻzga chiqqanlar barchani yurtimiz uchun muhim boʻlgan “Vatanparvarlik oyligi”ni munosib oʻtkazishga chaqirib, bugun yoshlarimiz uchun Vatanni himoya qilish nafaqat konstitutsiyaviy burch, balki muqaddas vazifa, armiya esa hayot maktabi ekanini eʼtirof etishdi.

Shundan soʻng, faxriy qorovulning koʻrgazmali chiqishlari, qoʻl jangi ustalarining jangovar harakatlari hamda harbiy orkestr jamoasining Vatanni madh etuvchi kuy-qoʻshiqlarini ijro etilgani jomboyliklarga haqiqiy bayramona kayfiyat bagʻishladi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati