Andijondagi harbiy qismda “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi

0
1903

Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari Andijon garnizonidagi harbiy qismda “Yangi O‘zbekiston armiyasi — mamlakat qudrati, yuksak g‘urur va sadoqat timsolidir!” shiori ostida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Yurtimizda harbiy xizmatning obro‘-e’tiborini, armiya va xalq yakdilligini, yoshlarimiz qalbida armiyamiz bilan faxrlanish tuyg‘usini hamda Vatan himoyachisidek oliyjanob kasbga hurmat-ehtirom hissini yanada kuchaytirishga xizmat qiladigan mazkur tadbir doirasida Andijon shahridagi “Prezident maktabi” o‘quvchi-yoshlari harbiy qismda yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Qurol-aslahalar ko‘rgazmasi esa yoshlarda katta qiziqish uyg‘otdi.

O‘quvchilar tomonidan harbiy akalariga ko‘plab savollar berildi. Mutaxassis harbiy xizmatchilar tomonidan ushbu savollarga batafsil javoblar qaytarildi.

Harbiy qism harbiy orkestr va faxriy qorovul jamoalarining chiqishlari esa barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati