“Armiya va xalq yakdildir”

0
1252

Bagʻrikenglik, saxovatpeshalik, yiqilganni suyash, chorasiz qolganlarga koʻmak berish, nogironligi bo‘lgan va boquvchisini yoʻqotgan oʻksik koʻngillarga mehr ulashish xalqimizga xos azaliy qadriyatlardan. Bunday xayrli tadbirlar boshqa sohalar qatori Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti tomonidan ham muntazam ravishda amalga oshirib kelinmoqda.

Xususan, kuni kecha institut harbiy xizmatchilari Zangiota tumani “Harakat” mahallasida yashovchi, 2-guruh nogironi Ibrohimjon Fayzievning holidan xabar olib, unga maʼnaviy va moddiy yordam koʻrsatdi.

Ichki aʼzolarida nuqsoni bilan tugʻilib, bolalikdan nogiron boʻlgan qahramonimiz onasining vafotidan soʻng otasi Ilyosiddin Fayzievning tarbiyasida kamol topdi. U axborot texnologiyalari sohasiga qiziqishi sababli maktab va qoʻshimcha darslarda birlamchi maʼlumotlarni olishga ulgurgan.

Tashrif davomida Aloqa harbiy institut mutasaddilari Ibrohimjon Fayzievga zamonaviy noutbuk sovgʻa qildi va u bilan biroz soha yuzasidan suhbat qurdilar.

Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti