“Xalq va armiya — bir tanu bir jondir!”

0
1782

Barchamizga maʼlumki, yurtimizda yangi yilning ilk bayrami bu Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganligi hamda Vatan himoyachilari kunidir. Joriy yil esa ushbu qutlugʻ sanaga 32 yil toʻladi.

Shu munosabat bilan Markaziy harbiy okrug tasarrufidagi barcha harbiy qism hamda muassalarda “Vatanparvarlik oyligi” doirasida Qurolli Kuchlarning harbiy-jangovar qudratini oshirish hamda maʼnaviy salohiyatini yuksaltirish boʻyicha amalga oshirilgan keng koʻlamli islohotlar, Yangi Oʻzbekistonni barpo etishda tinchlik va osoyishtalikning ahamiyatini aniq misollar orqali yurtoshlarimizga yetkazish va yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiylashga qaratilgan uchrashuvlar, davra suhbatlari hamda madaniy-maʼrifiy tadbirlar harbiy xizmatchilar tomonidan tashkil etilmoqda.

Jumladan, Navoiy garnizonidagi harbiy xizmatchilar tomonidan Navbahor hamda Qiziltepa tumanlarida vatanparvarlik festivallari tashkil etildi. Harbiy orkestr sadolari ostida bilan “Sogʻlom hayot uchun 5000 qadam” shiori ostida boshlangan marafonlar “Xalq va armiya —bir tanu bir jon” degan oliyjanob gʻoya asosida barcha boʻgʻindagi hokimiyat va boshqaruv idoralari, mahalla, yoshlar, xotin-qizlar, nuroniylar tashkilotlari, taʼlim-tarbiya muassasalari faoliyatini, keng jamoatchilik hayotini qamrab oldi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati