“Askar onalarini sharaflaymiz” mavzusida samimiy suhbat bo‘lib o‘tdi

0
1265

Barchamizga maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligi hamda 14- yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan joylarda “Yangi Oʻzbekiston armiyasi — mamlakat qudarati, yusak gʻurur va sadoqat timsolidir!” degan shior asosida vatanparvarlik tadbirlari jadal sur’atlar bilan davom etmoqda.

Mana shunday tadbirlardan navbatdagisi Navoiy viloyati Karmana tumani va Qashqadaryo viloyati Tolimarjon qoʻrgʻonida joylashgan Mudofaa vazirligiga qarashli harbiy qismlardagi muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan askarlar hamda ularni oila aʼzolari oʻrtasida bo‘lib o‘tdi.

“Askar onalarini sharaflaymiz” nomli tadbir davomida yigitlik burchini sadoqat bilan oʻtayotgan muddatli harbiy xizmatchilar oʻz yaqinlari bilan videokonferensiya orqali muloqot qilishdi hamda oʻz dil izhorlarini jonli tarizda yetkazish imkoniyatiga ega boʻldilar.

Tadbir davomida, harbiy qism masʼul ofiserlari ham soʻzga chiqib, bugungi kunda milliy armiyamizda yurt oʻgʻlonlari uchun yaratilgan sharoitlar, imkoniyatlar va imtiyozlar haqida mehmonlarga batafsil maʼlumotlar berdi.