Samarqandda askar onalari sharaflandi

0
1424

Markaziy harbiy okrugning Maʼdaniyat va maʼrifat markazida “Askar onalarini sharaflaymiz” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.

Tadbirga yurtimizning turli hududlarida yigitlik burchini oʻtayotgan samarqandlik muddatli harbiy xizmatchilarning onalari taklif etildi va ular harbiy orkestr sadolari ostida tantanali kutib olindi.

Tadbirda soʻzga chiqqanlar, milliy armiyamizning bugungi qiyofasi va askar uchun sharoitlar imkoniyatlar xususida toʻxtalib, naʼmunali xizmat burchini oʻtayotgan askarlarning onalariga tashakkurnomalar topshirildi.

Yakunda harbiy orkestr jamoasi tomonidan tashkil etilgan konsert dasturlari esa barchani oʻyin-kulgiga chorladi.

Shu kuni Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Kichik mutaxassislar tayyorlash markazida ham “Askar onalarini sharaflaymiz” shiori ostida tadbir oʻtkazilib, unda Samarqand garnizonida yigitlik burchini oʻtayotgan muddatli harbiy xizmatchilar va ularning ota-onalari Nukus shahridan telekoʻprik orqali muloqot qilishdi.

Videomuloqot davomida ota-onalar farzandlarini Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan muborakbod etishdi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati