Harbiy qismda davra suhbati boʻlib oʻtdi

0
2267

Chirchiq uchuvchilar shaharchasida joylashgan Havo hujumidan mudofaa qoʻshinlari va Harbiy havo kuchlari qoʻmondonligiga qarashli harbiy qismda “Hushyorlik va sergaklik davr talabi” mavzusida maʼnaviy maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.

Tadbirda Chirchiq davlat pedagogika universiteti Besh muhim tashabbus markazi rahbari Bobur Hakimov ishtirok etdi.

Tadbirda soʻz olganlar, yangi tahrirda qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Konstitutsiyasidagi oʻzgarishlar va undagi adolat prinsiplari asosiy tamoyillarning mazmun-mohiyatini hamda inson va fuqarolarning huquqlari, erkinliklari, burchlari, ularning kafolatlanishi, jamiyat va shaxs oʻrtasidagi munosabatlarning asoslari tushunchasi va mohiyati toʻgʻrisida atroflicha maʼlumotlar berib oʻtishdi.

Bundan tashqari, korrupsiya kelajagimiz kushandasi ekanligi, har bir mansabdor shaxs korrupsiyaga qarshi kurashishi kerakligi, ushbu illatga qarshi barcha birdek masʼul boʻlishligi tushuntirildi.

Harbiy xizmatchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob olishdi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti