Harbiy qismda “Uch avlod uchrashuvi” o‘tkazildi

0
1513

Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganligining 32 yilligi hamda 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent viloyati Kengashi, Mudofaa vazirligiga qarashli Ohangaron tumanida joylashgan harbiy qism qoʻmondonligi bilan hamkorlikda “Milliy armiyamiz – Yangi Oʻzbekistonning mustahkam qalqonidir!” shiori ostida “Uch avlod uchrashuvi” tadbiri oʻtkazildi.

Tadbirga uch avlod vakillari, shuningdek, xalq deputatlari, “Veteran” jangchi-faxriylar va nogironlar birlashmasi Ohangaron boʻlimi Kengashi aʼzolari va yoshlar taklif etildi.

Soʻzga chiqqan iste’fodagi general-leytenant Rahmatilla Ataxanov yig‘ilganlarni bayram bilan qutladi va bugungi kunda milliy armiyamizning kuch-qudrati, jahon arenalarida erishayotgan yutuqlarini e’tirof etdi.

Shundan soʻng bir guruh mehnat faxriylar bilan qiyinchiliklarni ahllik bilan yengib oʻtgan xalqlargina taraqqiyotga erishishi, yurtimizdagi bugungi islohotlar, yoshlarga yaratib berilgan sharoitlar toʻgʻrisida oʻzaro fikr almashildi.

Ta’kidlash kerakki, bu kabi maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar yoshlarning maʼnan yetuk boʻlib ulgʻayishiga, ularni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga, harbiy xizmatga boʻlgan havas va qiziqishlarini ortishiga, shuningdek, urush va mehnat faxriylarining hayot maktabi bilan yaqindan tanishishiga xizmat qiladi.