“Saxovat” uyiga va yurt fidoyilarining farzandlariga bayram sovgʻalari ulashildi

0
1507

Markaziy harbiy okrugning maʼsul ofitserlari hamda Jizzax viloyati mudofaa ishlar boshqarmasi vakillari Mudofaa vazirligida xizmat qilib, mamlakatimiz xavfsizligi, hududiy yaxlitligi va sarhadlarimiz daxlsizligini asrash yoʻlida jonini fido qilgan harbiy xizmatchilarning oila aʼzolari holidan xabar olib, ularning farzandlariga Yangi yil sovgʻalarini topshirdilar.

Sharafli burchini munosib ado etgan yurt oʻglonlarining oila aʼzolari, kirib kelayotgan Yangi yil bayramini kutib olishda kayfiyatlari togʻdek koʻtarilganini bildirib, hukumatimizning doimiy eʼtiborida ekanligini aytib oʻtishdi.

Shuningdek, Samarqand garnizonidagi harbiy xizmatchilar harbiy orkestr sadolari ostida Samarqand shahridagi “Saxovat” uyiga bayram shukuhini olib kirdi. 

Navoiy viloyatida ham bu yilgi bayram oʻzgacha tantana va shodiyona bilan qarshi olinmoqda. Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov boshchiligida viloyatdagi Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari, ota-ona qarovisiz qolgan, ota-onalari Vatan sarhadlarini himoya qilish yoʻlida qurbon boʻlgan harbiy xizmatchilarning farzandlariga Prezident sovgʻalari topshirildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati