Aloqa harbiy instituti harbiy xizmatchilari Ixtisoslashtirilgan maktabga tashrif buyurdi

0
2242

Milliy armiyamizda harbiy-vatanparvarlik tadbirlarning koʻplab oʻtkazilishi va ularda yoshlarning ishtirok etishi, oʻsib kelayotgan yosh avlodni Vatan himoyasiga boʻlgan qiziqishi ortishiga, yurtga muhabbat tuygʻusi bilan ulgʻayib, komil insonlar boʻlib yetishishiga katta hissa qoʻshadi.

Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti boshligʻi professor Baxtiyor Rahimov boshchiligida bir guruh harbiy xizmatchilar Zangiota tumani ixtisoslashtirilgan maktabi mehmoni boʻlishdi.

Maktab oʻquvchilari mehmonlarni bayramona tarzda ilq kutib oldilar. Tadbir  maktabning sport zalida kursantlar tomonidan tayyorlangan qoʻl jangi chiqishlari bilan boshlandi, radiotexnikalar va zamonaviy aloqa vositalarining koʻrgazmasi ham yoshlarda qiziqish uyg‘otdi.

Shundan soʻng, maktabning madaniyat markazida rahbar va oʻquvchi yoshlar uchun davra suhbati tashkil etildi. Baxtiyor Rahimov institut faoliyati haqida oʻquvchi yoshlarga maʼlumot berdi va Qurolli Kuchlarimiz salohiyati hamda harbiy institut haqidagi videorolik namoyish etildi. Oʻquchilar tomonidan berilgan qiziqarli savollariga mehmonlar tomonidan atroflicha javob qaytarildi.

Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti