Navoiy va Jizzaxda “Askar onalarini sharaflaymiz” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi

0
1152

Markaziy harbiy okrugning Navoiy hamda Jizzax garnizonidagi harbiy qismlarda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati “Askar onalarini sharaflaymiz” shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazildi.

Okrug qoʻmondonligi boshchiligida oʻtkazilgan tadbirlarda dastlab askar onalariga farzandlarining yigitlik burchini oʻtayotgan harbiy qismlarda yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishtirildi.

Tadbirning badiiy qismida askarlar va ularning onalariga okrug qoʻshinlari qoʻmondonining yoʻllagan bayram tabrigi oʻqib eshittirildi va naʼmunali xizmati bilan eʼtirof etilgan askarlarning onalariga tashakkurnomalar topshirildi.

Harbiy orkestr jamoalari va xushovoz honandalar ijrosida tashkil etilgan konsert dasturlari hamda bayram dasturxonlari askar onalariga unutilmas onlarni inom etdi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati