Yil davomida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi

0
2018

Mudofaa vazirligiga qarashli qoʻmondonlikda 2023-yil davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Qoʻmondonlik tasarrufidagi respublikamizning deyarli barcha hududlarida joylashgan harbiy qismlar ikki kun davomida onlayn videoselektor orqali sarhisob yigʻilishida ishtirok etdi.

Tanqidiy ruhda kechgan hisobot yigʻilishi davomida, qoʻshilma va harbiy qismlar komandirlari tomonidan bajarilgan ishlar hamda amalga oshirilishi zarur boʻlgan eng muhim ustuvor vazifalar toʻgʻrisida maʼruzalar tinglandi.

Shuningdek, oʻz yechimini kutayotgan muammoli masalalar yechimi yuzasidan shu joyning oʻzida tegishli koʻrsatmalar berildi.

Yigʻilish soʻnggida Toifalangan obyektlarni qo‘riqlash qoʻshinlari qoʻmondoni polkovnik Jurʼat Yaqubov tomonidan harbiy intizomni mustahkamlash, Mudofaa vazirligi miqyosida oʻtkazilayotgan barcha koʻrik-tanlov va musobaqalarda yuqori marralarni zabt etib, sovrinli oʻrinlarni qoʻlga kiritish hamda har qanday jangovar vazifalarni oʻz vaqtida, sifatli bajarish asosiy maqsad qilib belgilandi.

Sarhisob natijalariga koʻra, yoʻnalishlar boʻyicha eng ilgʻor deb topilgan qoʻshilma va harbiy qismlarga qoʻmondonlikning koʻchma kuboklari, diplom va qimmatbaho sovgʻalar topshirildi.