“Muruvvat” uyida bayram tadbiri o‘tkazildi

0
1269

Farg‘ona shahridagi “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan bolalar uchun internat uyida Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari harbiy xizmatchilari tomonidan xayriya tadbirlari o‘tkazildi.

Tadbir harbiy orkestr jamoasining musiqiy kirib kelishlari bilan boshlandi. Shundan so‘ng okrug qo‘shinlari qo‘mondonining o‘rinbosari so‘zga chiqib, bolajonlarni bayram bilan samimiy tabrikladi, ularga sovg‘alar ulashildi.

Qorbobolar kiyimidagi harbiy orkestr jamoasi tomonidan konsert dasturi namoyish etildi. Unda bayramona va sho‘x kuy-qo‘shiqlar yangradi. Bolajonlar esa harbiy xizmatchilar bilan miriqib raqslarga tushdi. Ularning ko‘zlaridagi quvonch harbiy xizmatchilar uchun haqiqiy bayram tuhfasi bo‘ldi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati