Zangiotalik o‘quvchi yoshlar Aloqa harbiy instituti mehmoni bo‘lishdi

0
1214

Milliy armiyamizda harbiy-vatanparvarlik tadbirlarning ko‘plab o‘tkazilishi va ularda yoshlarning ishtirok etishi o‘sib kelayotgan yosh avlodni Vatan himoyasiga bo‘lgan qiziqishi ortishiga, komil inson bo‘lib yetishishiga katta hissa qo‘shadi.

Zangiotalik o‘quvchi yoshlarning “Ochiq eshiklar kuni” doirasida Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy institutiga tashrifi ham shunday ezgu maqsadga xizmat qiladi.

Sayohat davomida yoshlar harbiy institut faoliyati, kursantlarning ta’lim olishlari uchun yaratilgan shar-sharoitlar, zamonaviy o’quv sinf xonalari, ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari, mezey va sport majmuasi bilan yaqindan tanishdilar.

Buyuk sarkardalarimiz nomlari bilan tashkil etilgan tematik xonalarda kursantlar va o‘quvchi yoshlar ishtirokida davra suhbatlari tashkil etildi.

Taassurotlarga boy bo‘lgan kun davomida o‘quvchilar o‘zlariga kerakli malumotlarga ega bo‘lgani shubhasiz.

Mudofaa vazirligi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti