“Askar onalarini sharaflaydi” mavzusida samimiy suhbat bo‘lib o‘tdi

0
1442

Barchamizga maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligi hamda 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan joylarda “Yangi Oʻzbekiston armiyasi — mamlakat qudarati, yusak gʻurur va sadoqat timsolidir!” degan shior asosida vatanparvarlik tadbirlari jadal suratlar bilan davom etmoqda.

Mana shunday tadbirlardan biri Fargʻona shahrida va Toshkent viloyati Ohangaron tumanida joylashgan Mudofaa vazirligiga qarashli harbiy qismlardagi muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan askarlar hamda ularni oila aʼzolari oʻrtasida “Askar onalarini sharaflaydi” shiori ostida boʻlib oʻtdi.

Tadbir davomida yigitlik burchini sadoqat bilan oʻtayotgan muddatli harbiy xizmatchilar oʻz yaqinlari bilan videokonferensiya orqali muloqot qilishdi hamda oʻz dil izhorlarini jonli tarzida yetkazish imkoniyatiga ega boʻldilar.

Tadbir davomida, harbiy qism masʼul ofiserlari soʻzga chiqib, bugungi kunda milliy armiyamizda yurt oʻgʻlonlari uchun yaratilgan sharoitlar, imkoniyatlar va imtiyozlar haqida tashrif buyurgan mehmonlarga batafsil maʼlumot berib oʻtdi.