Bayram arafasi urush faxriylari holidan xabar olinib, sovg‘alar ulashildi

0
941

Tinch va farovon hayotni taʻminlashda o‘z hissalarini qoʻshgan faxriylarimizni qadrlash, ularning holidan xabar olish va yaqinlashib kelayotgan bayramlar bilan qutlash maqsadida davlatimiz rahbari Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va front orti mehnat qilgan yurtdoshlarimizga tabrik yo‘lladi.

Toshkent harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni polkovnik Zokirjon Sayfutdinov boshchiligidagi harbiy xizmatchilar tabrik hamda bayram sovgʻalarini o‘z egalariga topshirishni Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Galina Prokofeva xonadonidan boshladi. 

Shuningdek, harbiy xizmatchilar Taisiya Ivanovna, Eralieva Nadejda hamda Vladimir Ivanovichning xonadonlariga tashrif buyurib, bayram sovgʻalarini yetkazdilar. 

Toshkent harbiy okrug matbuot xizmati