Faxriylar xonadonlariga tashriflar amalga oshirildi

0
1030

Xalqimizning eng oliy fazilatlaridan biri – kattalarga hurmat va ehtirom koʻrsatishidir. Ikkinchi jahon urushida halok boʻlgan, yurtimiz ozodligi uchun jon fido qilgan insonlarni xotirlash, hozirda hayot boʻlgan urush va mehnat faxriylarini qadrlash, ular bosib oʻtgan yoʻllarni oʻrganib, obod kunlarimizga shukronalar aytish – barchamizning chinakam insoniylik burchimizdir.

Yangi yil bayrami munosabati bilan Toifalangan obyektlarni qoʻriqlash qoʻshinlari qoʻmondonligi rahbariyati tomonidan poytaxtimizning Chilonzor va Yunusobod tumanlarida istiqomat qilayotgan Ikkinchi jahon urushi faxriylari va nogironlari, “Leningrad qamali”ning ishtirokchilarining xonadoniga tashrif buyurildi.

Yoʻqlov davomida mehnat faxriylari va urush qatnashchilarining holidan xabar olib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Yangi yil tabrigi oʻqib eshittirildi hamda bir martalik pul mukofoti, qimmatbaho sovgʻalar topshirildi.

Nuroniylarimizning mamlakatimizda hukm surayotgan tinchlik va xotirjamlikni qadrlash kerakligi, faxriylarga nisbatan qaratilgan gʻamxoʻrlik uchun oʻz tashakkurini bildirdi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti