Uchta viloyatning togʻli hududlarida harbiy-vatanparvarlik festivallari oʻtkazildi

0
817

Jizzax, Samarqand, Kattaqoʻrgʻon hamda Navoiy garnizonidagi harbiy xizmatchilar olis togʻ oldi hududlarida vatanparvarlik festivallarini oʻtkazishdi.

Xususan, Navoiy viloyatining Nurota tumani, Jizzax viloyatining Zomin Zarbdor va Jizzax shahrida hamda Samarqand viloyatining Bulungʻur hamda Narpay tumanlarida tuman hokimliklari, mudofaa ishlar boshqarmasi va boʻlimlari hamda kuch tuzilmalari bilan hamkorlikda tashkil etilgan uchrashuvlar hamda festivallar “Sogʻlom hayot uchun 5000 qadam” shiori ostidagi yurish marafoni bilan boshlandi.

Festivallarda soʻzga chiqqan tuman hokimlari mamlakatimiz mudofaa tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati, samaralari, harbiy xizmatchilar hayoti, ularga yaratilayotgan shart-sharoitlar haqida toʻxtalib, yoshlarni yurt tinchligi uni himoya qilishga munosib hissa qoʻshishi lozimligini aytib oʻtishdi.

Festivallarda taniqli sanʼatkorlar, harbiy orketsr jamoalari hamda iste’dodli yoshlar ijrosidagi Vatanni madh etuvchi kuy-qoʻshiqlar yosh-u qarini birdek toʻlqinlantirdi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati