Harbiy xizmatchilarning oila aʼzolari ijtimoiy himoyasini mustahkamlash yo‘lida

0
1916

Markaziy harbiy okrugning Maʼnaviyat va maʼrifat markazida Samarqand garnizonidagi harbiy xizmatchilarning oila aʼzolarini ijtimoiy himoya qilish va qoʻllab-quvvatlash maqsadida seminar treninglar oʻtkazildi.

Dastlab, ishtirokchilarning maʼnaviy-maʼrifiy bilimlarini oshirish, harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolarida yot gʻoyalarga nisbatan mafkuraviy immunitetni mustahkamlash maqsadida diniy idora vakillari tomonidan maʼruzalar qilindi.

Samarqand viloyati xotin-qizlar qoʻmitasi, FHDY, ishga marhamat monomarkazi, kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimining vakillari tomonidan “Ayolning oiladagi oʻrni”, “Mustahkam oila jamiyat poydevori” kabi mavzularda tushunchalar berildi.

Harbiy xizmatchilarning oila aʼzolari bandligini taʼminlash maqsadida esa monomarkazdagi servis va xizmat koʻrsatish borasidagi mutaxassisliklar bo‘yicha oʻquv kurslari hamda boʻsh ish oʻrinlari to‘g‘risida batafsil maʼlumot berildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati