Samarqandning olis hududlaridan birida harbiy-vatanparvarlik festivallari oʻtkazildi

0
1479

Samarqand garnizoni harbiy xizmatchilari tomonidan Nurobod tumanidagi “Jom” qishlogʻida harbiy-vatanparvarlik festivallari oʻtkazildi.

Festivallar davomida soʻzga chiqqanlar ushbu qishloqdagi umumtaʼlim maktablarida taʼlim olib, bugun mamlakatimizning rivoji uchun turli sohalarda xizmat faoliyatini olib borayotganlar tinimsiz mehnati va tirishqoqligi haqida gapirdilar. 

Tadbirlarning badiiy qismlarida jomlik oʻquvchi yoshlar tomonidan ustozlariga bagʻishlangan sheʼrlar o‘qilib, harbiy orkestr jamoalari tomonidan yigʻilganlarga bayram konserti dasturi taqdim etildi.

Faxriy qorovulning saf chiqishlari hamda qoʻl-jangi ustalarining koʻrgazmali hamda milliy musiqalaridan iborat musiqiy chiqishlar barchada iliq taassurot qoldirdi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati