Quvnoq va zukko harbiylar bellashuvining okrug bosqichi boʻlib oʻtdi

0
812

Kulgi immunitetni koʻtarib, asab tizimini meyorga keltiradi, umrni uzaytirib, shubhasiz, kayfiyatni yaxshilaydi.Sharqiy harbiy okrug Maʼnaviyat va maʼrifat markazida harbiy xizmatchilar oʻrtasida “Quvnoqlar va zukkolar” koʻrik tanlovining harbiy okrug bosqichi boʻlib oʻtdi.

Unda artilleriyachilarning “Doda” hamda havo-desant boʻlinmalarining “Quvnoq desantchilar” jamoalari oʻzaro bellashdi. Musobaqa harbiy xizmatchilar, Yoshlar ittifoqi Fargʻona viloyat Kengashi hamda yoshlar ishtirokida boʻlib oʻtdi.

Koʻrik tanlov shartlari asosida jamoalar bir-biridan kulguli chiqishlar bilan tomoshabinlarga xush kayfiyat ulashdi.Koʻrik tanlov natijalariga koʻra “Doda” jamoasi birinchilikni qoʻlga kiritib, okrug bosqichi gʻolibi boʻldi. Koʻrik tanlovning keyingi bosqichiga yoʻllanma olgan jamoaga omad va zafarlar tilab qolamiz.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati