Kuch tuzilmalari harbiy psixologlari uchun seminar tashkil etildi

0
1650

Bugungi kunda dunyoda sodir boʻlayotgan harbiy harakatlar va siyosiy oʻzgarishlar harbiy xizmatchilarni axloqiy-ruhiy hamda psixologik jihatdan barqaror darajada tayyorlash dolzarb masala ekanini ko‘rsatmoqda.

Shundan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari kuch tuzilmalarining Psixologik xizmatlari oʻrtasida oʻzaro hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyish hamda suitsidal holatlar profilaktikasi mavzusida seminar mashgʻuloti boʻlib oʻtdi.

Unda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulotda vaziyatlar vazirliklari, DXX Chegara qoʻshinlari va Milliy gvardiya mutaxassislari ishtirok etdi.

Maʼruzaga chiqqanlar harbiy xizmatchilarga jangovar vaziyatlarda malakali psixologik yordam koʻrsatish, psixologik va sotsiologik tadqiqotlar metodologiyasi boʻyicha oʻzaro hamkorlik oʻrnatish, harbiy jamoalarning psixologik jarayonlarni oʻrganish va tahlil qilishga koʻmaklashish, harbiy psixologlar malakasini oshirish, xalqaro tajribalarni oʻrganish va amaliyotga tadbiq etish boʻyicha taklif va tashabbuslarni ilgari surishdi.

Ro‘ziqul Ochilov, Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti