Navoiy va Samarqandda “Jasorat maktabi” oʻquv yigʻini yakunlandi

0
1218

Markaziy harbiy okrugning Navoiy hamda Samarqand garnizonida 100 nafardan yoshlar uchun tashkil etilgan 10 kunlik “Jasorat maktabi” oʻquv yigʻinlarining tantanali yopilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Oʻn kun davomida ushbu yigʻinlarning ishtirokchilari bilan harbiy qismda jangovar, sport oʻyinlari, maʼnaviy-maʼrifiy tayyorgarlik, IT-texnologiyalari, tadbirkorlik hamda kasb-hunar boʻyicha mashgʻulotlar hamda turli koʻrik-tanlovlar oʻtkazildi.

Tantanali yopilish marosimida Markaziy harbiy okrug qoʻmondonligi, viloyatlar hokimliklari, sektor rahbarlari, Yoshlar ittifoqi viloyatlar kengashlari, Yoshlar ishlari agentligi, nuroniylar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Marosimda yoshlarga egallagan mutaxassisligi boʻyicha sertifikatlar, turli sport musobaqalari hamda koʻrik-tanlovlarda gʻolib va sovrindor boʻlgan yig‘in ishtirokchilariga esa tashkilotchilarining kubok, diplom va qimmatbaho sovgʻalari topshirildi.

Tadbirda soʻz olganlar yoshlarning kelgusi faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilab, harbiy qismda oʻrgangan tartib-intizomi, egallagan kasb-hunarlaridan va eng muhimi, hukumatimiz tomonidan ularga yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlardan unumli foydalanishlarini tilashdi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati