Mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish mexanizmlari muhokama qilindi

0
115

Buxoro viloyati Vobkent tumanida joylashgan harbiy qismda tuman IIB, kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi hamkorligida “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish mexanizmlarini belgilashga oid qo‘shma qarorning mazmun-mohiyati bo‘yicha tumandagi fuqarolar yig‘ini raislari, ichki ishlar organi profilaktika inspektorlari, mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchilari, mahallalardagi xotin-qizlar faoli hamda yoshlar yetakchilariga keng turda tushuntirish berish maqsadida yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishni huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasidagi islohotlarning bugungi holati, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishda mahalla va mahallalardagi yoshlar yetakchilari, hokim yordamchilari, xotin-qizlar faollari va profilaktika inspektorlarining roli va ahamiyati haqida so‘z yuritildi.