Farg‘ona garnizonida sayyor qabul o‘tkazildi

0
1806

Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlari hamda Fargʻona harbiy prokuraturasi bilan hamkorlikda Fargʻona garnizonidagi harbiy qismda harbiy xizmatchilar hamda ularning oila aʼzolari uchun sayyor qabul oʻtkazildi. Tadbirga davlat va jamoat tashkilotlarining mutaxassislari jalb etildi.

Sayyor qabul avvalida tashkilotchilar soʻzga chiqib, mazkur sayyor qabuldan koʻzlangan maqsad, jalb etilgan mutaxassislar va ularning vakolati haqida ma’lumot berdi.

Shundan soʻng harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolari hamda Qurolli Kuchlar xizmatchilari oʻz murojaatlari bilan harbiy qism komandiri, harbiy prokuratura, viloyat hokimligi, sogʻliqni saqlash boshqarmasi, bandlika koʻmaklashish hamda boshqa tashkilot vakillariga yuzlandi.

Turli murojaatlar qabul davomida tegishli mutaxassislar tomonidan koʻrib chiqildi. Murojaatlarning 80 foizga yaqini sayyor qabul davomida ijobiy hal etildi. Qolgan murojaatlar esa tegishliligi boʻyicha boshqa tashkilotlarga yoʻnaltirildi hamda nazoratga olindi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati