Jizzaxda “Avlodlar uchrashuvi” boʻlib oʻtdi

0
2410

Markaziy harbiy okrugning Jizzax garnizonidagi harbiy qismda faxriylarni eʼzozlash hamda ularning hayot yoʻllarini yoshlarga naʼmuna sifatida koʻrsatish, yoshlar uchun berilayotgan imkoniyatlar va yaratilayotgan shart-sharoitlarni keng targʻib etish maqsadida “Avlodlar uchrashuvi” oʻtkazildi.

Tadbirda Markaziy harbiy okrug faxriylar kengashi, Samarqand hamda Jizzax garnizonlarida istiqomat qiluvchi faxriylar hamda harbiy xizmatchilari yoshlar ishtirok etdi.

Tadbirda soʻzga chiqqan faxriylar mamlakatimizdagi tinchlik, milliy armiyamizdagi oʻzgarishlar, shuningdek, respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlar, yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlardan oqilona foydalanib, har bir yosh kelajakda oʻz oʻrnini topishi lozimligini taʼkidladi.

Shuningdek, yosh harbiy xizmatchilarga ustoz va shogird anʼanalariga sodiq qolgan holda koʻp yillik tajribaga ega Qurolli Kuchlar faxriylari bilan oʻzaro tajriba almashish va ularning oʻgitlariga rioya etish boʻyicha tavsiyalar berildi.

Uchrashuvda faxriylar, harbiy xizmatchilar va yoshlar dildan suhbat qurdi. Ayniqsa, Safarbarlik chaqiruv rezervidagi chaqiriluvchilar hayotida unutilmas kun sifatida muhrlangan uchrashuv ofitserlik hayotiga havas uygʻotib, kelgusida oliy harbiy bilim yurtlarida tahsil olish, shu orqali milly armiyamiz saflarida sadoqat bilan xizmat qilish istagini yanada kuchayishiga xizmat qiladi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati