Akademiyada “Uch avlod uchrashuvi” o‘tkazildi

0
2201

Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasida DXX Chegara qoʻshinlari rahbariyati, faxriylar, ofitserlar va kursantlar ishtirokida “Uch avlod uchrashuvi” oʻtkazildi.

Tadbirda DXX qoʻmondoni soʻzga chiqib, hozirgi kunda Chegara qoʻshinlari tomonidan amalga oshirilayotgan amaliy ishlar va o‘z oldilarida turgan vazifalar to‘g‘risida ma’lumot berdi. Koʻp yillik harbiy hayot tajribasiga ega insonlar esa oʻz tajribalari bilan oʻrtoqlashdi. Samimiy muloqotlar jarayonida kursantlar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.

Ta’kidlash kerakki, bunday uchrashuvlar yoshlarning harbiy xizmatchilarga xos ijobiy anʼanalarni mukammal oʻzlashtirishi va davom ettirishi, oʻz dunyoqarashini kengaytirib, siyosiy saviyasini oshirishi, kasbiga mehr qoʻyishi hamda ona Vatanmizga sadoqat bilan xizmat qilishida oʻziga xos dastur vazifasini bajaradi.

Tadbir yakunida mehmonlar akademiya o‘quv sinflari hamda muzeyini ko‘zdan kechirdilar.