Tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar hamda kadr organlarining kasb bayrami nishonlandi

0
3156

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasida tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar hamda kadr organlari mutaxassislari kuniga bagʻishlangan bayram tadbiri boʻlib oʻtdi. Unda harbiy xizmatchilar, Qurolli Kuchlar xizmatchilari hamda faxriylar ishtirok etdi.

Tadbir ochiq deb eʼlon qilinib, davlat madhiyasi yangragandan soʻng tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirishda bosib oʻtilgan qadamlar aks ettirilgan videorolik yigʻilganlar eʼtiboriga havola etildi.

Dastlab mudofaa vazirining Tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar boʻyicha oʻrinbosari general-mayor Hamdam Qarshiyev yigʻilganlarni bayram bilan tabrikladi va mudofaa vazirining soha vakillariga yoʻllagan tabrigini oʻqib eshittirdi.

Tantanada mudofaa vazirining buyrugʻiga koʻra, bir guruh faxriylar taqdirlandi. Shuningdek, kuch tuzilmalari oʻrtasida samarali hamkorlikni mustahkamlashga hissa qoʻshib kelayotgan harbiy xizmatchilar va Qurolli Kuchlar xizmatchilari DXX Chegara qoʻshinlari qoʻmondonligi, Milliy gvardiya qoʻmondoniligi va boshqa hamkor tashkilotlar tomonidan ragʻbatlantirildi.

Shundan soʻng 2023-yilda vazirlik miqyosida oʻtkazilgan “Eng ilgʻor tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar organi mutaxassisi” koʻrik-tanlovining “Eng ilgʻor brigada komandirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar boʻyicha oʻrinbosar”, “Eng ilgʻor batalyon komandirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar boʻyicha oʻrinbosari”, “Eng ilgʻor vzvod komandirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar boʻyicha oʻrinbosari” bosqichi hamda “Eng ilgʻor harbiy psixolog,” Eng ilgʻor boshlangʻich tashkilot yetakchisi“, ”Eng yaxshi yosh kitobxon“,” Eng ilgʻor kadr organi“ va ”Eng ilgʻor harbiy kasbiy-saralash organi” koʻrik-tanlovlari gʻoliblari taqdirlandi.

Erishilgan yutuqlar va tahliliy natijalarga koʻra, 2023-yilda “Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar yoʻnalishida eng ilgʻor qoʻmondonlik”, “Yoshlar bilan ishlash yoʻnalishida eng ilgʻor qoʻmondonlik”,“ Harbiy xizmatchilar va ularning oilalari ijtimoiy himoyasiga katta eʼtibor qaratgan qoʻmondonlik”, “Madaniy hordiq tadbirlarini tashkil etishda eng katta eʼtibor qaratgan qoʻmondonlik”, “ Harbiy xizmatchilarning huquqiy madaniyatini oshirish va huquqbuzarliklar profilaktikasi yoʻnalishida eng ilgʻor qoʻmondonlik, ”Harbiy xizmatchilarning jangovar ruhini oshirishga katta eʼtibor qaratgan qoʻmondonlik” nominatsiyalari boʻyicha gʻoliblar eʼlon qilindi.

Qurolli Kuchlar Markaziy ashula va raqs ansambli sanʼatkorlari ijrosidagi kuy-qoʻshiqlar guldastasi barchaga bayramona kayfiyat ulashdi.

Shuningdek, barcha harbiy okruglar va qo‘mondonliklarda ham sana munosabati bilan bayram tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Markaziy harbiy okrug
Markaziy harbiy okrug
Markaziy harbiy okrug
Sharqiy harbiy okrug
Sharqiy harbiy okrug
Sharqiy harbiy okrug
Toifalangan obyektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligi

Podpolkovnik Gulnora HOJIMURODOVA, Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti