Mudofaa vazirligida Konstitutsiya kuni munosib nishonlandi

0
2952

Mudofaa vazirligi markaziy apparatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri oʻtkazildi. Unda mudofaa vazirining birinchi oʻrinbosari – Qurolli Kuchlar Bosh shtabi boshligʻi general-mayor Shuhrat Xolmuhamedov va boshqa vazir oʻrinbosarlari, Oliy Majlis Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi raisi Qutbiddin Burhonov hamda faxriylar ishtirok etdi.

Tadbir avvalida soʻzga chiqqan general-mayor Shuhrat Xolmuhamedov barchani samimiy mubarakbod etdi va mudofaa vazirining bayram tabrigini oʻqib eshittirdi.

Tabrikda taʼkidlanganidek, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi xalqimiz siyosiy-huquqiy tafakkurning yuksak namunasi sifatida yurtimizning xalqaro maydonda munosib oʻrin egallashida mustahkam poydevor boʻlib xizmat qilmoqda. Mana shu huquqiy asosga tayanib keyingi yillarda mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va harbiy sohada keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etish, inson huquqlarini taʼminlash va himoya qilish borasida ham keng qamrovli ishlar amalga oshirildiki, bu borada erishilgan marralarda Konstitutsiyaning hayotbaxsh tamoyillari muhim ahamiyat kasb etadi.

Barchamizga maʼlumki, inson huquq va erkinliklarining qonuniy kafolati boʻlgan Bosh qomusimizning yangi tahriri joriy yilning may oyidan kuchga kirdi. Mazkur yangi tahrirdagi Konstitutsiya mamlakatimizning demokratik davlat sifatidagi maqomini mustahkamladi, barcha sohalarda inson qadrining tom maʼnoda yuksalishiga erishildi. Zotan dunyoda kundan-kunga yangi xavf-xatar va yangi tahdidlar paydo boʻlmoqda. Shunday murakkab vaziyatda inson, uning hayoti, huquq va erkinliklarini himoya qilish, qonuniy manfaatlarini taʼminlash, shu asnoda inson qadrini ulugʻlash ustuvor vazifaga aylanmoqda. Tadbirda soʻz olgan Oliy Majlis Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi raisi Qutbiddin Burhonov bu haqda atroflicha fikr yuritar ekan, yangi Konstitutsiyamizda muhrlab qoʻyilgan qoida va tamoyillardan kelib chiqib Qurolli Kuchlarimiz faoliyatining huquqiy tizimi yaratilganini misollar orqali tushuntirib oʻtdi.

Koʻtarinki ruhda oʻtgan tantanada mudofaa vazirining buyrugʻiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan bir guruh harbiy xizmatchilar, Qurolli Kuchlar xizmatchilari va faxriylar “Namunali xizmati uchun”, “Jangovar faoliyati uchun”, “Maxsus operatsiyalar kuchlari” hamda “Yosh avlodni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdagi faol ishtiroki uchun” koʻkrak nishonlari, mudofaa vazirining esdalik nishoni va Faxriy yorliq bilan taqdirlandi.

Qurolli Kuchlar Markaziy ashula va raqs ansambli hamda taniqli xonandalar ijrosidagi kuy-qoʻshiqlar kechaga oʻzgacha fayz bagʻishladi.

Shuningdek, barcha harbiy okrug va qo‘mondonliklar boshqaruv apparatlarida ham bayram tadbirlari o‘tkazildi.

Toshkent harbiy okrugi
Toshkent harbiy okrugi
Toshkent harbiy okrugi
Markaziy harbiy okrug
Markaziy harbiy okrug
Markaziy harbiy okrug
Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug
Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug
Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug
Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug
Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug
Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug
Sharqiy harbiy okrug
Sharqiy harbiy okrug
Sharqiy harbiy okrug
Toifalangan obyektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligi
Toifalangan obyektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligi
Toifalangan obyektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligi
Qurolli Kuchlar akademiyasi
Qurolli Kuchlar akademiyasi
Qurolli Kuchlar akademiyasi

 

Gulnora Xojimurodova, Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti