Akademiyada Shimoliy-g‘arbiy harbiy okrug faoliyatiga bag‘ishlangan o‘quv sinfi ochildi

0
2042

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori ijrosini taʼminlash, taʼlim jarayonini qoʻshinlar kundalik jangovar faoliyati bilan uygʻunlashtirish, kursantlar va tinglovchilarda milliy armiyamizning shonli tarixi va bugungi yutuqlariga boʻlgan faxr va iftixorini yuksaltirish, shuningdek, ularni vazirlik qoʻshinlarida olib borilayotgan islohotlar bilan doimiy ravishda boxabar qilib borish maqsadida Qurolli Kuchlar akademiyasida harbiy okruglar sinfini barpo etish koʻzda tutilgan.

Ushbu vazifalarni ijro etish maqsadida bugungi kunda Shimoliy-g‘arbiy harbiy okrug qoʻmondonligi tashabbusi bilan akademiyada mazkur okrug faoliyatiga bagʻishlangan sinf barpo etildi. 8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni arafasida ushbu maxsus sinfning tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Tantanali marosimda Shimoliy-g‘arbiy harbiy okrug qushinlari qo‘mondonining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari polkovnik Ulug‘bek Dusmatov, Qurolli Kuchlar akademiyasi rahbariyati, professor-oʻqituvchilari va kursantlari ishtirok etdi.