O‘zbekiston va Hindiston mudofaa sanoati kompaniyalari o‘zaro hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama qildi

0
1736

Toshkent shahrida Oʻzbekiston va Hindiston mudofaa sanoati kompaniyalari vakillari ishtirokida seminar hamda soha yoʻnalishida koʻrgazma tashkil etildi.

Ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadlariga qaratilgan tadbirlar Oʻzbekiston Mudofaa sanoati agentligi, mamlakatimizning Dehlidagi elchixonasi, Hindiston Mudofaa sanoati departamenti va ushbu davlatning Toshkentdagi elchixonasi tomonidan tashkil etildi.

Unda mamlakatimizning manfaatdor tashkilotlari Hindistonning “Zen Technologies Ltd.”, “MKU Ltd.”, “Rotary Connectors (P) Ltd.”, “TATA Advanced Systems Ltd.”, “Tejas Networks Ltd.”, “Bharat Dynamics Ltd.”, “Redon Systems Pvt. Ltd.”, “Pune Polytronics”, “Apollo Micro Systems Ltd.”, “L&T Defence”, “Bharat Forge Ltd.”, “Karman Drones Private Ltd.” kompaniyalari vakillari bilan oʻzaro aloqalarni mustahkamlashning istiqbolli yoʻnalishlari hamda yangi qoʻshma loyihalarini muhokama qilishdi.

Hindiston delegatsiyasi aʼzolari safar doirasida mamlakatimizning qator vazirlik va idoralarida uchrashuv va muzokaralar oʻtkazib, qadimiy oʻzbek shaharlarining diqqatga sazovor joylarini ziyorat qilishdi.