Konstitutsiya — kelajakka mustahkam ishonch

0
1149

Konstitutsiyamiz mustaqilligimizni mustahkamlash, xalqimizning tinch-osuda, farovon hayotini ta’minlashning muhim asosidir. Uning hayotimizdagi o‘rni va ahamiyatini keng targ‘ib etish, aholi, ayniqsa, yoshlar ongu shuurida Vatanga sadoqat, qonunlarimizga hurmat tuyg‘usini mustahkamlash maqsadida o‘tkazilayotgan uchrashuv, davra suhbati, ochiq muloqot va boshqa madaniy-ma’rifiy tadbirlar yuksak samaralar bermoqda.

Shu kabi maqsadlar yo‘lida Mudofaa vazirligiga qarashli qoʻmondonlikda 8-dekabr — Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kunga bagʻishlangan “Kelajakka mustahkam ishonch” mavzusidagi madaniy-maʼrifiy tadbiri boʻlib oʻtdi.

Tadbirga Respublika maʼnaviyat va marifat markazi ekspertlari hamda el ardog‘idagi san’at vakillari taklif qilindi. Unda soʻzga chiqqanlar, yig‘ilganlarga yangi tahrirda qabul qilingan bosh qomusimizning mazmun-mohiyati haqida maʼlumotlar berdi.

Maxsus videoroliklar namoyishi hamda qoʻmondonlik harbiy orkestr jamoasi tomonidan tayyorlangan musiqiy chiqishlar tadbirga oʻzgacha fayz bagʻishladi.

Yakunda tashrif buyurgan mehmonlar qoʻmondonlikda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishtirildi.