Qashqadaryoda harbiy qism shonli tarixi muzeyi ochildi

0
2034

Muborak tumanida joylashgan harbiy qismning shonli tarixi muzeyini tantanali ochilish marosimida Janubi-g’arbiy maxsus harbiy okrug qo’shinlar qo’mondoni, Muborak tumani hokimi, bir guruh faxriy harbiylar hamda qism shaxsiy tarkibi ishtirok etdi.

Muzey ko’plab tarixiy manbalar, ma’lumot hamda jihozlarni o’z ichiga olgan. Harbiy xizmatchilar erishgan yutuqlari, kundalik faoliyatiga oid fotosuratlar hamda bir necha yillar ilgari foydalanilgan harbiy aslahalar joylashtirilgan.

Ochilish marosimiga tashrif buyurganlar bu kabi muzey har bir harbiy qismda bo’lishi lozimligini alohida ta’kidladilar. Maskan yoshlar uchun ham boy ma’lumotlar manbai bo’lishi bilan birga, ularning harbiy-vatanparvarlik hislarini mustahkamlash uchun xizmat qilishi aniq.

Muzey oldinda harbiy xizmatchilarning erishadigan yutuqlari, innovatsion ishlanmalari bilan yanada boyitib borilishi nazarda tutilgan.