Harbiy qism tashkil topgan kun tantanali nishonlandi

0
3320

Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi Muborak tumanida joylashgan harbiy qism tashkil etilganligining 30 yilligi nishonlandi.

Tuman hokimligi, okrug hamda harbiy qism qoʻmondonligi, faxriy harbiylar bilan oʻtgan tadbir harbiy qism shaxsiy tarkibi uchun unutilmas lahzalarga boy boʻldi.

Sana munosabati bilan tashkil etilgan tantanali marosimda harbiy qism nufuzini oshirishda shijoatini namoyon etgan, belgilangan vazifalarni sidqidildan bajarib, safdoshlariga oʻrnak boʻlib kelayotgan bir guruh harbiy hamda Qurolli Kuchlar xizmatchilari Mudofaa vazirligi, okrug qoʻmondondonligi tomonidan faxriy yorliq, diplom, esdalik sovgʻalari va navbatdagi harbiy unvonlar bilan tantanali taqdirlandilar.

Shuningdek, sanaʼtkorlar tomonidan konsert dasturlari namoyish etildi.

Bu kabi bayram dasturlari harbiy xizmatchilarga yuqori kayfiyat ulashib, ularning oldinda belgilangan jangovar hamda maʼnaviy-maʼrifiy tayyorgarlik vazifalarini sidqidildan va toʻlaqonli bajarishlari uchun xizmat qilishi bilan ham ahamiyatlidir.