Harbiy xizmatchilar maktab-internat tarbiyalanuvchilari holidan xabar oldi

0
1822

Mehr-muruvvatli va bagʻrikeng xalqimiz azal-azaldan yordamga muhtoj, imkoniyati cheklangan insonlarga eʼtibor va gʻamxoʻrlik koʻrsatishni eng muhim qadriyatlardan biri sifatida eʼzozlab keladi.        

Har yil 3-dekabr sanasi butun dunyoda Xalqaro nogironlar kuni sifatida nishonlanib kelinmoqda. Shu munosabat bilan Mudofaa vazirligiga qarashli qoʻmondonlik tashabbusi bilan Toshkent viloyati Angren shahrida joylashgan 34-son tayanch harakat aʼzolari shikaslangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatida “Etibor va gʻamxorlik muqaddas burch” shiori ostida xayriya va harbiy-vatanparvarlik tadbiri boʻlib oʻtdi.

Unda keng jamoatchilik vakillari bilan bir qatorda jahon arenasida yurtimiz bayrogʻini yuqorilarga koʻtarib kelayotgan harbiy sportchilar ham ishtirok etdi. Dastlab maktab internatiga tashrif buyurgan mehmonlarga tarabiyalanuvchi bolajonlar tomonidan qoʻl mehnati asosida tayyorlangan turli xildagi yumshoq oʻyinchoqlar va dekorativ gullar koʻrgazmasi namoyish etildi.

Qoʻmondonlik harbiy orkestr jamoasining chiqishlari, Vatanni madh etuvchi kuy-qoʻshiqlar tadbirga yanada koʻtarinkilik baxsh etdi.

Tadbir soʻnggida internat uyidagi tarbiyalanuvchilari uchun doshqozonlarda osh tayyorlanib, bayromona dasturxon yozildi hamda bolajonlar uchun shirinliklar va nozu-neʼmatlar tortiq qilindi.