Yoshlar markazida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi oʻtkazildi

0
1379

Toshkent shahridagi Yoshlar markazida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi oʻtkazildi. Unda Toshkent harbiy okrugi qoʻshinlari qoʻmondonligi, Faxriylar kengashi aʼzolari, Yoshlar ittifoqi shahar kengashi vakillari hamda oʻquvchi-yoshlari ishtirok etdi.

Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni milliy armiyamizda olib borilayotgan islohotlardan boxabar qilish hamda Qurolli Kuchlarimiz safida xizmat qilish istagini yanada oshirish maqsadida tashkil etilgan uchrashuv ochiq va samimiy ruhda oʻtdi.

Tadbirda soʻz olganlar Qurolli Kuchlarimiz saflarida xizmat qilish va oliy harbiy taʼlim muassasalarida tahsil olish toʻgʻrisida va kichik mutaxassislarni tayyorlash haqida bergan maʼlumotlari yoshlar sharafli kasb egasi boʻlishga ishtiyoqini oshirdi. Shuningdek, yoshlar oʻzlarining harbiy sohadagi qiziqtirgan savollariga batafsil javob olib, harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondonligining esdalik sovgʻalariga ega boʻldi.

Uchrashuvdan soʻng harbiy xizmatchilar faxriylar hamda “Vatan tayanchi” otryadi aʼzolari bilan birgalikda “Yashil makon” ummumilliy loyihasiga oʻz hissalarini qoʻshdi.

Toshkent harbiy okrugi matbuot xizmati