“Eng ilg‘or desant vzvodi” aniqlandi

0
2937

“Farg‘ona” dala-o‘quv maydonida “Men g‘olib” shiori ostida o‘tkazilgan “Eng ilg‘or desant vzvodi” musobaqasi shiddatli bahslar va bir-biridan murakkab shartlarga boy bo‘ldi.

Jamoalar beshta bosqichda kuch sinashdi. “Vzvod tarkibida qo‘nish maydoniga yig‘ilish, piyoda marshni amalga oshirish”, “Armiya qo‘l jangi”, “Biatlon, vzvod tarkibida ekipajsiz, o‘qotar qurollardan turgan joyda turli holarda o‘q uzish”, “Guruhlar tarkibida ixtiyoriy oriyentirlash” va “O‘qotar qurollardan otishni bajarish va to‘siqlar yo‘lagidan o‘tish bo‘yicha guruhlararo estafeta” shartlari jamoalarning musobaqaga qay darajada tayyorgarlik ko‘rganini namoyon qildi.

Har bir musobaqada g‘oliblar va mag‘lublar bo‘lganidek, mazkur ko‘rik-tanlovda ham umumiy natijalarga ko‘ra o‘rinlar belgilandi. Unga ko‘ra Sharqiy harbiy okrug jamoasi ikkinchi o‘rin, Toshkent harbiy okrugi jamoasi esa faxrli birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

G‘oliblar kubok, “Ilg‘or desantchi” ko‘krak nishoni, qimmatbaho va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati