Oʻksik koʻngillarni koʻtarishga qaratilgan saxovat tadbiri oʻtkazildi

0
1330

Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi Nuriston qoʻrgʻonida joylashgan harbiy qism harbiy xizmatchilari Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan Qarshi shahar “Imkon” reabilitatsiya markaziga ega Davlat koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotida xayr-saxovat tadbirini tashkil etishdi.

Oʻksik koʻngillarni koʻtarish, sovgʻa-salom ulashish maqsadida tashrif buyurgan harbiy xizmatchilar bolajonlar bilan samimiy suhbatlar qurdi. Muassasa tarbiyalanuvchilari tomonidan tayyorlangan bayramona dasturlarda Vatanni madh etuvchi sheʼrlar oʻqildi, qoʻshiqlar ijro etildi.

Ta’kidlash kerakki, harbiy xizmatchilar bilan birgalikda oʻtkazilgan turli oʻyinlarda bolajonlar kayfiyati yanada koʻtarildi. Tashkilot rahbariyati bolajonlar nomidan harbiy xizmatchilarga doimiy hamkorlik, homiylik va koʻmak uchun minnatdorlik izhor qildilar.

Shuningdek, Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi Xayrobod garnizonida joylashgan harbiy qism targʻibot guruhi  Shoʻrchi tumanidagi 68-sonli aqli zaif bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat taʼlim muassasasi tarbiyalanuvchilari holidan xabar oldi. Ularga turli sovg‘a-salomlar ulashilib, konsert dasturi namoyish etildi.