Harbiy xizmatchilar uchun oʻquv bino va yotoqxona foydalanishga topshirildi

0
1354

Harbiy qismlar infratuzilmasini yaxshilash, harbiy xizmatchilarning xavfsiz xizmat olib borishi hamda ijtimoiy himoyasini taʼminlash maqsadida Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi Xayrobod garnizonida joylashgan harbiy qismda harbiy xizmatchilar uchun yotoqxona va oʻquv binosi kapital taʼmirlanib, foydalanishga topshirildi.

Shu munosabat bilan oʻtkazilgan tantanali tadbirda polkovnik Poʻlatjon Sativaldiyev, Denov tuman hokimligi, nuroniylar, harbiy pensionerlar va quruvchilar hamda harbiy xizmatchilar ishtirok etdi.

Soʻzga chiqqanlar tomonidan oxirgi yillarda harbiy sohaga eʼtibor ortib borayotgani, harbiy xizmatchilarning jangovar xizmat faoliyati bilan shugʻullanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratilayotgani, harbiy obyektlarning qurilishida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilayotgani eʼtirof etildi.

Tadbir davomida ushbu qurilish ishlarining sifatli bajarilishida oʻz hissalarini qoʻshgan quruvchilarga minnatdorchilik bildirildi.