Mehrga oshno qalblar

0
834

3 – dekabr Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan Mudofaa vazirligiga qarashli qoʻmondonlik tomonidan Toshkent shahrida joylashgan “Nurli maskan” nomli ixtisoslashtirilgan maktab hamda 106-sonli maktab internatida xayriya tadbiri boʻlib oʻtdi.

Tadbirga Slovakiyaning Oʻzbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi, Mudofaa vazirligi rahbariyati va keng jamoatchilik ishtirok etdi.

Tadbir davomida qoʻmondonlik harbiy orkestr jamoasi tomonidan ijro etilgan kuy-qoʻshiqlar, yoshlar tomonidan tayyorlangan sahna koʻrinishlari internat tarbiyalanuvchilariga namoyish etildi. Harbiy xizmatchilar tomonidan korgazmali qoʻl jangi chiqishlari esa bolajonlarni xushnud qildi.

Koʻrish va eshitishda nuqsoni boʻlgan bolalarni murgʻakkina qalbini togʻdek koʻtarish, kelajakka va oʻziga boʻlgan ishonchini shakllantirish maqsadida oʻtkazilgan ushbu tadbirda faqat tillar emas, dillar ham soʻzlashdi.

Mazkur maxsus maktablarning hozirgi kundagi ehtiyojidan kelib chiqib, mingga yaqin Brayl yozuvli kitoblar to‘plami, maishiy texnikalar, oziq-ovqat mahsulotlari xayriya sifatida maktab maʻmuriyatiga topshirildi.