Hech kim mehr va eʼtibordan chetda emas

0
893

O‘zbek xalqi azal-azaldan mehr-oqibatli boʻlib kelgan. Yiqilganni suyash, koʻmakka muhtojlarga yordam qoʻlini choʻzish azaliy odatlarimizdan. Xalqimizga xos bagʻrikenglik, mehribonlikdan beixtiyor faxr-iftixor tuyasan kishi. 3-dekabr — Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan poytaxtimizning Mirzo Ulugʻbek tumanidagi 101-umumtaʼlim maktab oʻquvchilariga quvonch ulashildi.

Harbiy xizmatchilar tomonidan oʻquvchi yoshlar uchun Toshkent shahrida joylashgan “Universal Horses Stable” ot sporti klubiga sayohat tashkil etildi. Sayohat davomida yoshlarimiz bu yerda parvarish qilinayotgan zotdor otlar toʻgʻrisida qiziqarli va qimmatli maʼlumotlarga ega boʻlishdi.

Shu bilan birga, o‘quvchilar uchun ot sport klubi mutaxassislari tomonidan otlar yordamida turli mashqlar bajarildi, bunda o‘quvchilarning ham bevosita ishtiroki ta’minlandi. Tadbir yakunida oʻquvchi yoshlar uchun okurug qoʻmondonligi va ot sport klubi raxbariyati tomonidan esdalik sovgʻalari topshirildi.

Toshkent harbiy okrugi matbuot xizmati