Harbiy qismda “Uch avlod uchrashuvi” o‘tkazildi

0
719

Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bugungi kunning dolzarb masalasidir. Bu borada umumtaʼlim maktablari hamda harbiy qismlar o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari oʻsib kelayotgan yosh avlod vakillarini Vatanga sadoat ruhida kamol toptirishga xizmat qilmoqda.

Ana shu maqsadga qaratilgan navbatdagi tadbir Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi Kakaydi garnizonida joylashgan harbiy qismda “Ochiq eshiklar kuni” hamda “Uch avlod uchrashuvi” nomi ostida bo‘lib o‘tdi.

Ushbu tadbirlarda mudofaa vazirining maslahatchisi — Mudofaa vazirligi faxriylar ishlari boʻyicha markaziy kengashi raisi iste’fodagi polkovnik Abubakr Navroʻzov, tuman faxriylari hamda Jarqoʻrgʻon tumanidagi bir qator umumtaʼlim maktabining oʻquvchi yoshlari ishtirok etishdi.

Dastlab oʻquvchi yoshlar Kakaydi garnizoni harbiy orkestrining Vatanni madh etuvchi kuy-sadolari ostida tantanali kutib olindi, shundan soʻng yoshlar harbiy xizmatchilarning yashash shart-sharoitlari va harbiy qismda mavjud zamonaviy texnika hamda oʻquv qurollari bilan mutaxasislar tomonidan tanishtirildi.

Kun davomida harbiy xizmatchilar va oʻquvchi yoshlari ishtirokida “Zakovat” intellektual oʻyini boʻlib oʻtdi, yoshlari harbiy qismda mavjud kutubxona bilan tanishdi.

III darajali serjant Akbar AHMEDOV, Termiz garnizoni