Marhum harbiy xizmatchi yod etildi

0
1006

Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasida Vatan himoyasi va el-yurt tinchligi yoʻlida halok boʻlgan marhum kapitan Bahrom Joʻrayev xotirasiga bagʻishlangan “Qahramonlar nomi barhayot” nomli davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda marhum harbiy xizmatchining otasi Ulug‘bek Jo‘rayev, tuman faxriylar kengashi raisi iste’fodagi polkovnik Abubakr Dehqonov, “Vatan tayanchi” otryadi oʻquvchi-yoshlari va kursantlar ishtirok etdilar.

Davra suhbati davomida Bahrom Joʻrayevning kursantlik davrlari, shuningdek, ofitserlik xizmat faoliyati va koʻrsatgan qahramonliklari haqida soʻz bordi. Oʻtkazilgan tadbir oʻquvchi yoshlari va kursantlar qalbida Vatan himoyasi va el-yurt tinchligi yoʻlida halok boʻlgan qahramonlarimizga nisbatan faxr-iftirxor tuygʻusini yanada oshirdi.