“Eng ilgʻor desant vzvodi” aniqlanmoqda

0
2226

Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlari Fargʻona dala oʻquv maydonida “Men gʻolib” shiori ostidagi “Eng ilgʻor desant vzvodi” musobaqasining Mudofaa vazirligi bosqichiga start berildi. Tantanali ochilish marosimida ishtirokchilar tomonidan “Biz desantchilar milliy armiyamizdagi olib borilayotgan islohotlarga oʻz hissamizni qoʻshgan holda ushbu musobaqada munosib ishtirok etamiz!” deya taʼkidlandi.

Shundan so‘ng, desantchilar musobaqaning ilk shartini bajarishga kirishdi. Unga koʻra, vzvodlar toʻliq tarkibda dastlabki masofani parashut ortilgan yuk qopi va qurol-aslahalari bilan tezlikka bosib oʻtdi. Musobaqaning navbatdagi kunida esa ishtirokchilar “Armiya qoʻl jangi” boʻyicha bellashdi. Raqib jamoalar vakillari gʻoliblik uchun oʻzlarining bor mahoratlarini ishga soldi.

“Biatlon, vzvod tarkibida ekipajsiz, oʻqotar qurollardan turgan joyida turli holatlarda otish” bosqichida esa jamoalar 10 kilometr masofani belgilangan nishonlarga aniqlik bilan oʻq otgan holda bosib oʻtdi.

Musobaqa hozirda davom etmoqda, ishtirokchilarni navbatda “Guruhlar tarkibida oriyentirlash”, “Oʻqotar qurollar va granatamyotlardan otishni bajarish va toʻsiqlar yoʻlagidan oʻtish boʻyicha guruhlararo estafetasi” kabi murakkab shartlar kutmoqda.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati