Chempionlar munosib kutib olindi

0
1315

Kuni kecha Turkmaniston poytaxti Ashxabod shahrida kurash sport turi boʻyicha XIV Jahon chempionatida munosib ishtirok etgan Muhsin Xisomiddinov va terma jamoamiz aʼzolari yurtimizga qaytib keldi.

Toshkent markaziy vokzalida hamyurtlarimizni Mudofaa vazirligi sport markazi, Oʻzbekiston Yoshlar siyosati va sport vazirligi mas’ullari, sportchilarning yaqinlari harbiy orkestr sadolari ostida kutib oldi.

Ta’kidlash joizki, Jahon chempionatining +100 kg vazn toifasida ishtirok etgan Mudofaa vazirligi sport markazi sportchisi Qurolli Kuchlar xizmatchisi Muhsin Xisomiddinov murosasiz kechgan finai bahsida, eronlik raqibi Abolfazi Torabini magʻlub etib, besh karra jahon chempioni degan nomga sazovor bo‘ldi.