Harbiy qismlar yoshlar uchun oʻz eshigini ochdi

0
2793

Yoshlarni harbiy sohaga sohaga qiziqtirish, tizimda olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishtirish, milliy armiyamizda amalga oshirilayotgan islohotlar bilan bevosita tanishtirish va eng muhimi ularni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash va boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida Markaziy harbiy okrugning Navoiy hamda Kattaqoʻrgʻon garnizonidagi harbiy qismlarda “Ochiq eshiklar kuni” tadbirlari oʻtkazildi.

Yoshlar harbiy qismda yaratilgan sharoitlar, xususan kutubxona, oshxona, yotoqxona va yurt oʻgʻlonlarining bilim va koʻnikmalarini mustahkamlashda muhim hisoblangan oʻquv sinflari, oʻqotar hamda guruh qurollaridan nishonlarni yakson etishda panoramali otish majmualari bilan yaqindan tanishdi.

Harbiy qism boʻylab tashkil etilgan ekskursiya davomida yoshlar qurol-yarogʻ va harbiy texnikalar bilan tanishish bilan birga, turli sport musobaqalari hamda tanlovlarda ham faol ishtirok etishdi.

Shuningdek, tadbir davomida faxriy qorovul chiqishlari, harbiy xizmatchilarning qoʻl jangi boʻyicha amaliy mashqlari hamda kinologiya mutaxassislarining xizmat itlari bilan koʻrgazmali namoyishlari ertamiz egalarida katta taassurot qoldirib, harbiylik kasbiga boʻlgan qiziqishlarini yanada oshirdi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati