Eng ilgʻorlar musobaqasi Chirchiqda start oldi

0
2513

Mudofaa vazirligi tasarrufidagi oliy harbiy taʼlim muassasalari oʻrtasida professor-oʻqituvchilar, tinglovchi va kursantlarning harbiy va kasbiy mahoratini oshirish maqsadida “Eng ilgʻor oliy harbiy taʼlim muassasasi” koʻrik-tanlovi joylarda oʻtkaziladi. Bugun, Chirchiq oliy tank qoʻmondonlik-muhandislik bilim yurtida ham mazkur tanlovning joriy yilgi bosqichi start oldi.

Dastlab, koʻrik-tanlovning oʻtkazilish maqsadlari va tartibi shaxsiy tarkibga yetkazildi. Unga koʻra, oʻquv, uslubiy, ilmiy-tadqiqot va tarbiyaviy ishlar holati, shuningdek, oʻtgan oʻquv yili yakunlari boʻyicha taʼlim jarayonlarida erishilgan yutuqlar natijalari tekshiriladi.

Tanlov nizomiga asosan bilim yurti doimiy tarkibi va kursantlarning tayyorgarlik darajasi oʻrganiladi. Oʻquv, uslubiy, ilmiy va ilmiy-tadqiqot hamda tarbiyaviy ishlarning holati tanlov nizomiga muvofiq maxsus komissiya tomonidan oʻrganib, baholandi.

Roʻziqul OCHILOV, Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti